Fri. May 24th, 2024


Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 58-sessiyasida “Qo‘qon shahar mahalliy byudjetining 2022 yil 4-choragida shakllangan qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘grisida”gi masala ko‘rib chiqildi.

2022 yil 4-chorak yakunlari bo‘yicha shahar mahaliy byudjeti belgilangan rejaga nisbatan 2 milliard so‘mga ortig‘i bilan bajarildi. Sessiyada ushbu mablag‘lar taqsimoti muhokama etildi.

Xususan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida oziq-ovqat, dori-darmon va moddiy yordam berish harajatlariga 190 million so‘m ajratildi.

Sessiyada ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, deputatlar ko‘rilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.