Wed. May 15th, 2024

O‘zbekiston Davlat bayrog‘i – to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mato bizni dam yig‘latadi, dam quvontiradi. Jonajon yurtimizda unib-o‘sgan, O‘zbekistonga mehri boylangan inson borki, bayrog‘imizning xilpirashini befarq kuzatolmaydi. O‘zimizni “man” deymizmi, “men” deymizmi, “ya” deymizmi – barchamiz uchun bayrog‘imiz cheksiz ma’noga ega birlashtiruvchi kuchdir.

Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirlar, sport musobaqalari, bayramlarda ham bayrog‘imiz ona Vatanimizga cheksiz ehtiromimizni singitib olganday mag‘rur turadi. O‘zbekiston uchun, millatimiz va xalqimiz uchun bor kuch-g‘ayratimiz, salohiyatimiz va hattoki jonimizni ham fido etishga chorlaydi.

18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun arafasida Qo‘qon shahridagi bir qator savdo muassasalarida xaridorlar Davlat bayrog‘i kuni bilan muborakbod etilib, milliy bayrog‘imiz tuhfa etilmoqda.

Savdo rastalarida ham o‘rnatib qo‘yilayotgan bayroqlar hamshaharlarimizga muhim ramzimizni yodga solish, Vatanimiz va xalqimiz uchun yana bir bor cheksiz g‘urur hissini uyg‘otish maqsadida bezatilmoqda.