Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Dec 9th, 2024

Bino barcha zamonaviy talablarga javob beradi. Filialda 1 200 dan ortiq yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari 10 mingdan ziyod jismoniy shaxslarga kreditlar ajratildi, 5 mingdan ortiq mijozlarimizda bank plastik kartalar bor. Qo‘qon shahriga tutash 7 ta tuman aholisiga xizmat ko‘rsatamiz. Shuningdek, hozirda tuman markazlarida bank xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham qurilmoqda.

Ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov ham ishtirok etib, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan bank sohasini isloh qilish va jaxon talablari darajasiga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan sa’yi harakatlar xususida so‘zladi. Bank hodimlarini yangi bino bilan muborakbod etib kelgusi faoliyatlarida muvaffqaqiyatlar tiladi.

Ayni vaqtda bankda 60 nafar xodim xizmat qilmoqda. Endilikda bank filialida zamonaviy formatlardagi “back office”, “front offise” lar ham mijozlarga xizmatiga muntazir bo‘ladi.

Click to listen highlighted text!