Wed. Apr 17th, 2024

Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirok etdilar.

Sessiyada sud raislarining sudlarning fuqarolar huquq va erkinliklari, korxona, muassasalar va tashkilotlar huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotlari o‘qib eshittirildi.

Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi boshlig‘ining Prezidentimizning “Sud xujjatlari va boshqa organ xujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar xususidagi hisoboti ham deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek, sessiyada shahar adliya bo‘limi boshlig‘ining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida axboroti, Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining Qo‘qon shahrida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatalar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.