Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Wed. Oct 9th, 2024

Shu yilning oktyabr’ oyida mamlakatimizda
Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Prezident saylovi ilk marta yangi Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkazilishini muxim siyosiy yangilik deb baholashimiz mumkin.


Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga tayangan holda o‘tkazilishi uchun 2021 yil 31 may kuni “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilindi.


Qonun bilan Saylov kodeksining bir qator moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ya’ni, manfaatdor shaxs saylov komissiyalarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilishi mumkinligi belgilandi. Avvalgi qonunchilik bo‘yicha sudga yoki yuqori turuvchi saylov komissiyasiga murojaat qilish mumkin bo‘lgandi.


Shikoyat berishi mumkin bo‘lgan manfaatdor shaxs nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar bo‘lishi ham mumkin.


Saylov qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.


Saylovga oid huquqbuzarliklar uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda alohida bob ajratilgan. Saylov va referendumni tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun 9 ta holatda ma’muriy javobgarlik choralari belgilandi.


O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ham saylov qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi alohida normalar mavjud. Bu normalar, Jinoyat kodeksining


146-moddasida saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun, 147-moddasida esa saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.


Bundan tashqari, Saylov kodeksining 96-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasiga saylovni haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinishi, bu qaror ustidan saylov yakunlari e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilish mumkinligi qat’iy belgilandi.


Farg‘ona viloyat sudining Bosh konsul’tanti, statist – Farxadjon Rahmonov


Click to listen highlighted text!