Qo‘qon art-galereyasida Qodirjon Haydarovning avlodi o‘nlab shogirdlarni tarbiyalagan, Qo‘qon o‘ymakorlik maktabining yorqin namoyandasi, Mirzayunus Umarovning tavalludiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.
San’at ixlosmandlari, mamlakatimizning turli hududlaridan va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada yurtimizda hunarmandchilik sohasi rivojiga qaratilgan ulkan e’tibor e’tirof etildi.
Xususan, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahrimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, shahrimizning turizm salohiyatini yuksaltirish va hunarmandchilik sohasi nufuzini oshirish borasida erishilgan natijalar xususida ma’lumot berdi.
Keng jamoatchilik vakillarining ham katta qiziqishiga sabab bo‘layotgan ko‘rgazmani respublika, viloyat va shahar ommaviy axborot vositalari vakillari yoritib bormoqdalar.