Janubiy Koreyaning Chondju shahri delegatsiyasi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Qo‘qon art-galereyasida shahrimiz hunarmandlari, tasviriy va amaliy san’at namoyondalari ko‘rgazmalari bilan tanishdilar.
Mutasaddilar bilan muloqot chog‘ida mehmonlar ikki madaniyat o‘rtasidagi o‘xshashliklar, rassomlar, haykaltaroshlar va hunarmandlarning yuqori darajadagi mahoratini e’tirof etdilar.