Rossiya Federatsiyasidan kelgan bir guruh shifokorlar Qo‘qon shahridagi Kovid bemorlarini davolash markazida qo‘llanilayotgan uslublar, kassallarni davolash strategiyasi bo‘yicha tajriba almashdilar.
Rossiyalik shifokorlar Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov bilan ham muloqotda bo‘lib, koronavirus infeksiyasi va yuqumli pnevmoniyani davolash, Qo‘qon shahrida yuqumli kasalliklarni davolashda ilg‘or tajribalarni joriy etishga doir masalalarni muhokama etdilar.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov ham ishtirok etib, muhokama etilgan masalalar yuzasidan o‘z-fikr mulohazalarini bildirdi.
Farg‘ona viloyatiga amalga oshirilayotgan tashrif doirasida Rossiyalik shifokorlar Qo‘qon shahrida ikki kun bo‘lishi rejalashtirilgan.