Sun. Apr 28th, 2024

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Qo‘qon shahrining Parpashabof mahallasida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining
RASMIY BAYoNOTI

Qo‘qon shahar elektr tarmoqlari korxonasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra Qo‘qon shahrining Parpashabof mahallasida, 9 dekabr’ kuni soat 00:10 da Hujand podstansiyasida sodir bo‘lgan va shu kuni 10:15 da bartaraf etilgan nosozlik bilan bog‘lik elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishdan boshqa, elektr energiyasi ta’minotida muammolar bo‘lmagan.

Parpashabof mahallasining ko‘p qavatli xonadonlari tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Tabiiy gaz yetib bormagan xususiy xonadonlarga suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib berilmoqda.

Shu yilning 20 noyabridan 10 dekabrga qadar Parpashabof mahallasidagi fuqarolarga 15 000 kg ko‘mir va shu yilning 18 noyabr’ kuni 403 dona suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilgan. Ushbu mahalladagi xonadonlarga tabiiy va suyultirilgan gazning yetkazib berilishi nazoratga olindi.

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati 10.12.2019