Xususan, “Saodat” va “Obod” mahallalari nuroniylari hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolari uchun tashkil etilgan marosimga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurdi.
Marufjon Usmonov mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining boshchiligida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, el-yurt farovnligi yo‘lida Konstitusiyamizga kiritilayotgan muhim o‘zgartirishlar xususida ma’lumot berdi.
Iftorlik marosimida Qur’on o‘qilib, xalqimiz, yurtimiz va davlatimiz rahbariga omonlik tilab, ezgu tilaklar bilan duolar qilindi.