Farg‘ona viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Qo‘qon shahridagi ta’lim muassasalarida Respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
Abduxoshim Abdullayevich Abdullayev 19-o‘rta ta’lim maktabida “Uzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati homiyligida va 41-davlat maktabgacha ta’lim muassasasida Ipakchilik va jun sanoati qo‘mitasi homiyligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, ta’mirlanayotgan bog‘chada tarbiya olayotgan bolajonlar bilan muloqotda bo‘ldi.
Homiy tashkilotlar va ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida mavjud muammo-masalalar o‘rganilib, qurilish ta’mirlash ishlarini sifatli qilib, o‘z vaqtida bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.