Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 51-“Zilol” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida maxsus texnikadan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Hususan, texnika yordamida bugunga qadar 4 ta noqonuniy qurilmalar, 9 ta yaroqsiz beton o‘rindiqlar, 12 ta qarovsiz qolgan garaj fundamentlari, 12 ta eski turdagi kir yoyish dorlari va 4 ta daraht to‘ngaklari olib chiqib ketildi.
Mahalladagi obodonlashtirish ishlari doirasida yangi bordyurlar qurish uchun 10 tonnadan sheben’, sement keltirildi. 50 tup dub darahti ko‘chatlari ekilib, gulzorlardagi 5 ta noqonuniy to‘siqlar olib tashlandi. Ekin-tikin ishlariga shahar hokimi bosh bo‘lib, daraht ekishda ishtirok etdi.
Ayni paytda mahallada irrigasiya tizimini tiklash, Qipchoqariq o‘zanini mahalla hududi orqali yurgizish bo‘yicha loyihalash ishlari ketmoqda.