Mon. May 20th, 2024

“Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda.

 

Qo‘qon shahridagi mahallalarda ham “Keksalar haftaligi” doirasida ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan 51-“Zilol” mahallasida o‘tkazilgan tadbirda, sektor rahbari, Qo‘qon shahar davlat soliq inspesiyasi rahbari Qobuljon Abdullaev, mahalla raisi Muniraxon Botirova, mahalla mutasaddilari uchastka noziri va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

 

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan tadbirda badiiy dastur namoyish etilib, ishtirokchilarga sovg‘alar va shirinliklar ulashildi.