Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Wed. Oct 9th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozarov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Baxtiyorjon To‘laganov, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tantanali ochilish marosimida davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan sog‘liqni saqlash tizimnini isloh, qilish aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasini yuksaltirish, davlat sog‘liqni saqlash muassasalarini zamonaviy tibbiy dastgohlar bilan ta’minlash va tibbiy hodimlarning malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’kidlab o‘tildi.

 

Jahondagi eng ilg‘or tajribalar asosida jixozlangan radiologiya bo‘limi endilikda hamshaharlarimiz va atrof tumanlar aholisiga yuqori darajadagi tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Mutasaddilar va jamoatchilik vakillari bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, yangi tibbiy uskunalarning imkoniyatlari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Click to listen highlighted text!