“Rizq baraka” savdo kompleksi rahbari Alisherjon Hoshimov va “Istiqlol” savdo kompleksi rahbari Jasurbek Abdullaevlar Qo‘qon shahridagi bozorlarda olib borilayotgan qurilish ishlari, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida ma’lumot berib, ijtimoiy tarmoqlardagi asossiz xabarlarga izoh berdilar.
Xususan, matbuot anjumanida savdo rastalari yong‘inga chidamli qurilish materiallaridan, amaldagi qurilish normalari asosida, mustahkam etib barpo etilayotgani, yong‘in sodir bo‘lishidan avval bozorlarda sado qilgan barcha tadbirkorlar uchun qurilish ishlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, bozorlarda savdo qilishlari uchun sharoit yaratish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.