Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 47-“Rayxon” mahallasi hududida “Obod mahalla” dasturi ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini nazoratdan o‘tkazdi.
Kunlik shtab yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan bugun mahalladagi obodonlashtirish ishlarida 10 ta texnika-yuk mashinalari va ekskavatorlardan foydalanilmoqda. Ayni paytda, mahalladan o‘tgan Qipchoqariq o‘zani tozalanmoqda, shu paytga qadar 560 metr o‘zan tozalandi.
Mahalla hududidagi 77-84-ko‘pqavatli uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalar, qarovsiz qolgan beton konstruksiyalari buzilib, olib chiqib ketilmoqda.
Shu kunga qadar 20 ta garaj fundamentlari, 20 ta eski tipdagi temir dorlarning beton konstruksiyalari olib chiqib ketildi. Obodonlashtirish ishlari doirasida 40 tonnadan ziyod maishiy chiqindilar olinib, 100 tup manzarali darahtlar ko‘chatlari ekildi.