Milliy an’analarimizga mos ravishda o‘tkazilgan marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Adxam Ziyavitdinov va boshqa rasmiylar ishtirok etdilar.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘lib, mamlakatimizda so‘nggi yillarda mahalla tizimni takomillashtirish, xalqni dardi bilan yashaydigan yangi rahbar kadrlar, yangi vazifalar bilan boyitish va barcha muammolarni mahallani o‘zida hal etadigan idoraga aylantirish borasida amalga oshirilgan islohotlar xususida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘nggida o‘z faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan mahalla raisi Sirojiddin Mingboyev Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.