Thu. Jul 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan ovqatlanish muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini o‘rgandi.

 

☕️ Tadbirkorlar bilan bo‘lgan suhbatda shahar hokimi muassasalarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, xalqaro turizm shahriga mos imkoniyatlarni taklif etish, tayyor taomlarni yetkazib berishda raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan foydalanish, sanitariya talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Marufjon Usmonov muassasalarning taomnomasi bilan ham qiziqib, muassasalarni rivojlantirishda barcha imkoniyatlar yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.