Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Qurilish texnika ta’mir jilosi” qurilish korxonasi tomonidan barpo etilayotgan 12 qavatli ko‘pqavatli uyni qurilishi qanday ketayotganini o‘rgandi.
48 ta kvartirali 2 va 3 xonali uylar qurilishi loyihasi zilzilaga chidamli, monolit uslubida amalga oshirilmoqda.
Shahar hokimi ko‘pqavatli uyning qurilishini nihoyasiga yetkazish bo‘yicha shtab tashkil etib, mas’ul shaxslarga qurilish ishlarini yo‘l haritasi asosida, kunlik nazorat qilib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.