Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Milliy gvardiya ko‘mondonligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Qo‘qon shahridagi 12-Mehribonlik uyida tarbiya olgan yoshlarga 2 xonali xonadonlar kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.
Mahalla mutasaddailari ishtirokida Qur’on tilovat qilinib, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yetim yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar uchun shukronalik bilan duo qilindi.
Yangi xonadonga qadam qo‘ygan kelin qadami qutlug‘ bo‘lgan mehmonlarga salom qilib, milliy urf-odatlarimizga asosan hurmat bajo keltirdi.