Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 32-matematikaga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan muloqot qildi.
Samimiy suhbat chog‘ida aniq fanlar to‘garaklarini rivojlantirish, yoshlarning aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘ychia o‘quvchilarning takliflari o‘rganildi.
Shahar hokimi, kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha maktabdagi informatika xonasi uchun qo‘shimcha komp’yuterlar ajratish, maktabda tashkil etilgan “Fanlar akademiyasida” o‘quvchilar tashabbuslari bilan chop etilgan qo‘llanmalarni qayta chop etish va shahrimizdagi umumta’lim maktablariga taqdim etishda amaliy ko‘mak berishga va’da berdi.
Marufjon Usmonov o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda ham har qanday ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidlab o‘tib, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ijtimoiy ro‘yxatlardagi yoshlarni ta’lim kreditini yarmini to‘lab berish kabi joriy etilgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berdi.
Shahar hokimi maktabdagi kasb to‘garaklarini ham ko‘rib chiqib, o‘quvchilarning hunar o‘rganishlari uchun yanada qulay sharoit yaratib berishini bildirdi.