Qo‘qondagi mahallalarda iftorlik marosimlari o‘tkazilmoqda
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar bosh imom xatibi Abdumajid qori Isoqov “Davronbek” mahallasida o‘tkazilgan saxovat tadbirida ishtirok etdilar.
Iftorlik marosimida mahalladagi ehtiyojmandlar, nuroniylar hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar uchun Ramazon oyi munosabati bilan dasturxon yozilib, Qo‘r’on-tilovat qilindi. Yurtga tinchlik-hotirjamlik, dasturxonimizga to‘kin-sochinlik, Yurtboshimizga sog‘liq-salomatlik tilab, duo qilindi.
Marufjon Usmonov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitusion islohotlar, konstitusiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida ma’lumot berdi.
❗️Xususan, Konstitusiyaning 21 – moddasida har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilayotgani ta’kidlab o‘tildi.