Saxovat tadbirlariga mahallalardagi nuroniylar, ehtiyojmandlar, yolg‘iz keksalar taklif etilmoqda.
Xususan, “Aziztepa” va “Oq oltin” mahallalari fuqarolari uchun tashkil etilgan saxovat tadbiriga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Shahar hokimi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Konstitusiyamizga kiritilayotgan insonparvar o‘zgartirishlar xususida ma’lumot bermoqda.
Marosimda Qur’on tilovat qilinib, yurtga omonlik, dasturxonimizga to‘kin-sochinlik, davlatimiz rahbariga sog‘lik-salomatlik tilab, duolar qilindi.