Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga “Yashil makon” loyihasi doirasida Istiqlol ko‘chasida yangi manzarali daraxtlar ekish, mavjud ekinlarni parvarish etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
“Shahrimizdagi har bir fuqaro markaziy ko‘chalarga noyob daraxtlar ekib, o‘z nomini qoldirishi mumkin, falonchi ekgan daraxt degan yozuvlar daraxtlar oldidagi nomalarga yozib qo‘yiladi”, dedi Marufjon Usmonov.