Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Amiriy kutubxonasida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, kutubxonachilar bilan muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida shahar hokimi mavjud muammo-masalalarni ham o‘rgandi. Xususan kutuxbonachilarning iltimosiga ko‘ra Amiriy kutubxonasiga badiiy adabiyotlardan elektron nusxa olish uskunasi shahar byudjeti hisobidan olib beriladigan bo‘ldi.

Marufjon Usmonov intellektual barkamol insonlarning maskani bo‘lgan kutubxonada shaxmat markazini tashkil etish imkoniyatlarini ham o‘rgandi. Mutasaddilarga kutubxonani shaxmat to‘garagi uchun zarur anjomlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.