Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida “Qo‘qonjonim” guruhida Qo‘qondagi 27-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘yicha yo‘llangan murojaat yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining raddiyasi
Murojaatda, shu jumladan, Qo‘qon shahar hokimligining noqonuniy qarorlari bekor qilinayotganligi e’tirof etilib, misol sifatida Qo‘qon shahridagi 27-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi bino inshootlarini tasarruf etish huquqini berish yuzasidan chiqargan qarori keltirilgan.
Vaholanki, 27-maktabning foydalanmay kelingan va ta’mirtalab bino- inshootlari «Wunderkind Bolajon» MChJga «Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab» kompleksini tashkil etish uchun Prezidentimizning “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida, tasarruf etish huquqisiz ajratilgan.
Ammo «Wunderkind Bolajon» MChJ tomonidan belgilangan investision majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmagan.
Prezidentimizning “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarini ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbilari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2021 yil 1 avgustdan “tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish” huquqi bekor qilingani tufayli Qo‘qon shahar hokimi 2022 yil 11 noyabrda Farg‘ona viloyati hokimi nomiga 221/1 sonli “Qo‘qon shahar hokimining 2019 yil 20 iyundagi 746-sonli qarorini bekor qilish bo‘yicha taqdimnoma kiritgan.
Yuqoridagilarga asosan Farg‘ona viloyati hokimi “Qo‘qon shahar hokimining 2019 yil 20 iyundagi 746-sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risida 2022 yil 15 noyabrdagi 439-11-0-Q/22 sonli qarorini qabul qilgan.
Ya’ni qonuniy tartibda ajratilgan yer maydoniga tasarruf etish huquqi, investision shartlar bajarilmaganligi tufayli, Qo‘qon shahar hokimining tashabbusi bilan bekor qilingan.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olingan yer maydonlari uchun kompensasiyalarni respublika jamg‘armasi tomonidan to‘lab berilishi tegishli tartib bilan belgilangan.