Voleybol, basketbol va yengil atletika bilan shug‘ullanish uchun ham sharoit yaratiladi.
Ayni paytda yangi zamonaviy sport maydoni loyihasi ishlab chiqila boshladi. Qo‘qon shahar hokimi maktab hududidagi bo‘sh yer maydonidan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida unumli foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Yangi sport maydoni futbol kabi ommabop sport turlari bo‘yicha maktablararo va mahallalararo musobaqalar o‘tkazish, yangi iqtidorlarni aniqlash va parvarish etishga xizmat qiladi.