Mon. May 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, “Nuroniy” jamg‘armasi Qo‘qon bo‘limi raisi Manzur Abdullayev, Mahallalar uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limi rahbari Yax’yo Rasulov, mahalla bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan davlat idoralari va muassasalari rahbarlari, mahalla faollari ishtirokida 10-“Yog‘ bozori” mahallasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama etdi.

Mahalla fuqarolari vakillari kengashida o‘z arizasiga binoan lavozimidan muddatidan ilgari ozod etilgan Djamshidov Abdumannon Anvarovich o‘rniga Eshonxonov Oybek Abbosovichni saylash masalasi ko‘rib chiqilib, ochiq ovoz berish yo‘li bilan Oybek Eshonxonov 10-“Yog‘ bozori” mahallasi raisi etib saylandi.

Qo‘qon shahar hokimi va keng jamoatchilik vakillari Oybek Eshonxonovni muborakbod etib, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.