Thu. Apr 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash shahar bo‘limi, Farg‘ona viloyati Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitasiya qilish markazi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, shahar prokuraturasi, shahar adliya bo‘limi, shahar IIO FMB mutasaddilari, Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida seminar trening o‘tkazildi.

 

Seminarda ayol-qizlarning oilada, jamiyatdagi nufuzini mustahkamlash, ayol-qizlarning huquqiy onggini yuksaltirish, jamiyatda gender tengligini ta’minlash, davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini samarali tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berildi.

 

Seminarda Muhtaram Yurtboshimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni treningda ko‘rilgan masalalarga yangicha yondashish va jamiyatimizda xotin-qizlar mavqeini yanada oshirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.