O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshodjon Raximov Qo‘qon Dexqon bozorida tashkil qilingan oziq-ovqat yarmarkasidagi narx-navo bilan tanishib, kuz-qish zaxira omboridagi maxsulotlarning saqlanishini o‘rgandi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Dilshodjon Raximov bilan muloqot qilib, shahrimizda yaratilgan zaxira mahsulotlari, narx-navolar xususida ma’lumot berdi.