Sun. Apr 28th, 2024

9 may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘qon shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi vakillari, deputatlar, 48 nafar front orti xizmatchilaridan xabar olib, oziq-ovqat to‘plamlarini yetkazdilar.

 

87 yoshni qoralagan Valentina Yershova 10 yoshidan kattalar qatori mehnat qilib, frontda jang qilayotganlar uchun kiyim bosh yetkazib berishda ishtirok etgan.

 

90 yoshdan oshgan Rifat Mursiyaev Qo‘qon shahrida Ikkinchi jaxon urushi vaqtida faoliyat yuritgan shakar zavodini qurilishida ishtirok etgan va keyinchalik shu yerda energetik lavozimida ishlagan. “Shakar soldatni qoni deyilar edi o‘sha davrda, zavodni tomi yopilmasdanoq ishlab chiqarish boshlab yuborilgan, ishchilar sovuqda qor yomg‘irda ochiq havoda ishlasa ham g‘ring demagan”, eslaydi Rifat Mursiyaev.

 

Mamanazar Pirnazarov 1930 yilda tug‘ilgan va sakkiz yoshidan dalada mehnat qilishni boshlagan. Urush vaqtida front ortida xizmat qilgan otaxon keyinchalik Farg‘ona kanalini qazish ishlarida ham ishtirok etgan.