Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov korxona, tashkilot va idoralar mutasaddilariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Bahorgi aksiya doirasida Qo‘qon shahrida 500 mingga yaqin manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlari ekiladi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida barcha korxona, tashkilotlar va mahallalar ishtirok etadilar.