Xususan, “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki Qo‘qon filiali tomonidan 32 va 41-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamda 47-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida ko‘chat ekish ishlari olib borildi.
Qo‘qon shahrida ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan aksiyada 200 dan ziyod olma, bodom, tut, sosna, archa, pavlovniya kabi mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekildi.