Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov SEAMO xalqaro olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shahrimiz yoshlarini tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli yoshlarimizning bilim salohiyati xalqaro musobaqalarda ham munosib ishtirok etadigan darajada o‘sganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Taqdirlash marosimida yoshlarni bilimli va salohiyatli qilib tarbiyalayotgan o‘qituvchilar ham e’tirof etilib, Tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirda ishtirok etgan ELPC International rahbari Bekzod Ovlayev xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qo‘qonlik yoshlarning soni 2019-yilga nisbatan ikki barobar ortganiga barchani e’tiborini qaratdi.