Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon musiqali drama teatrida bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston davlat madhiyasi yangrab, milliy qadriyatlarimizga hurmat bajo keltirilganidan so‘ng, Marufjon Usmonov Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabiylariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Ustozlarga olib borayotgan olijanob faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Vatan, ustozlarni va milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi mavzularda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona ko‘tarinki kayfiyat baxshida etdi.