Sat. Apr 20th, 2024

Ayni paytda, ekspertlar darajasida o‘tkazilayotgan muzokaralarda O‘zbekiston, Turkiya, Kirig‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbaydjon vakillari, ertaga, 24 iyun’ kuni vazirlar darajasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar reglamentini kelishib olmoqdalar.

 

Kun tartibidan Kengashga a’zo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish, Qo‘qon shahrini «Zamonaviy ipak yo‘li» dasturiga kiritish hamda a’zo davlatlarning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro aviareyslarni tiklash masalalari o‘rin olgan. Har bir mamlakat muhim uchrashuvga o‘z takliflari bilan kelgan.

 

Turkiy Kengash uchrashuvlarini Qo‘qon shahrida o‘tkazilishi bejiz emas, Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, jaxon hunarmandlari shahri maqomiga, qadimgi tarixi va boy madaniyatiga ega, adabiy muhiti bilan turkiy tillar rivojiga ham katta hissa qo‘shgan Qo‘qon eng tez rivojlanib borayotgan xalqaro turizm shaharlaridan biridir.