Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

 

Shahar hokimi tibbiyot muassasalarida qonunda belgilangan xizmatlarni bepul ko‘rsatilishini ta’minlash, korrupsiya, sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, bemorlarga malakali xizmat ko‘rsatish, tibbiy xodimlarni malakasini oshirish, davlat tibbiy muassasalari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

Yig‘ilishda Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Qo‘qon shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Komiljon Sirojiddinov, deputatlar va mutasaddi rahbarlar ham ishtirok etdilar.

 

Marufjon Usmonov shifoxonadagi xo‘jalik hisobidagi reabilitasiya bo‘limi bilan ham tanishib, bemorlar bilan suhbatda bo‘ldi.