Wed. May 15th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 41-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, maktabda yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

 

Shahar hokimi boshlang‘ich va bitiruvchi sinflardagi uquvchilarning darsida qatnashib, ularning bilim saviyasini sinadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatda bo‘lib, moddiy-texnik bazasini ko‘zdan kechirdi.

 

Marufjon Usmonov mutasaddilarga ta’lim saviyasi va samaradorligini oshirish, maktab moddiy texnik bazasini yangilash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.