Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilariga ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, yoshlarni bilimga qiziqishlarini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Marufjon Usmonov ta’lim muassasalarida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, yuqori malakali ustozlar tajribasini barcha maktablarda qo‘llash uchun rotasiya tizimini joriy etish, maktab direktorlarining pedagogik jamoalardagi nufuzini oshirish yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.