Thu. Jul 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Shaffof metan” qo‘shma korxonasining bugungi faoliyati bilan tanishdi.

 

Shahar hokimi korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishib, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish bo‘yicha istiqboldagi loyihalar bilan qiziqdi.

 

Korxona rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda korxonani to‘la quvvatda ishlatish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish maqsadida O‘zbekistonga Xitoydan tayyor siqilgan metan gaz ballonlar olib kirishda bojxona va soliq to‘lovlarini kamaytirish masalalari muhokama etildi.