Thu. Jul 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi. Shahar hokimi so‘nggi yillarda mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish borasida Muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Ushbu islohotlar natijasida bugun yoshlarimiz zamonaviy va ko‘rkam sport inshootlarida shug‘ullanib, xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishmoqda.

Marufjon Usmonov karate, suzish, dzyudo, djiu-djitsu, taekvondo, bamdminton, stol tennisi, belbog‘li qurash, qo‘l janggi bo‘yicha xalqaro va Respublika musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan, 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga mamlakatimizning eng go‘zal ziyoratgohlariga hamda Dubay shahriga turistik yo‘llanmalar sovg‘a qildi.