Qo‘qonda Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik marosimlari o‘tkazilmoqda
Xususan, “Rayxon” va “Quduqlik mahallalari fuqarolari nuroniylari, yolg‘iz keksalar, ehtiyojmand va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar uchun tashkil etilgan marosimga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurdi.
Marufjon Usmonov mamlakatimizda so‘nggi yillarda Prezidentimizning tashabbuslari bilan amalga oshirilgan ulkan islohotlar va misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlari, Konstitusiyamizga kiritilayotgan muhim o‘zgartirishlar borasida ma’lumot berdi.
Marosimida Qur’on o‘qilib, xalqimizga, yurtimizga va Prezidentimizga omonlik tilab, ezgu tilaklar bilan duolar qilindi.