Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Qozog‘iston kino kunlari doirasida namoyish etilgan “Olov” fil’mi namoyishida kino san’ati ihlosmandlari, Qozog‘iston va O‘zbekiston kino san’ati namoyondalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Farg‘ona viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov fil’m namoyishida ishtirok etgan mehmonlarni qutlab, bu kabi tadbirlar mamlakatlar o‘rtasida madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Qozog‘iston milliy kino markazi bosh prodyuseri Aday Abel’dinov Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi qadimgi qardoshlik munosabatlari xususida to‘xtalib o‘tib, qozoq kinoijodkorlari tomonidan surtaga olingan fil’mlar tomoshabinlarga ma’qul kelishiga umid bildirdi.