Hususan, “Nurafshon” mahallasida Qo‘qon shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan havo uzatmalari yangilanmoqda.
O‘tgan yili qishki mavsumda mahalladagi aholidan elektr energiyasidagi favqulodda uzilishlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asosida eski tarmoqlar o‘rniga zamonaviy SIP havo tarmoqlari tortilmoqda.
Ma’lumot uchun: SIP elektr kabellari maxsus qoplama bilan qoplangan bo‘lib, elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlarni, oddiy kabellarga nisbatan 30% ga ko‘proq tejaydi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra SIP kabellardagi energiya yo‘qotishlari 5% dan oshmaydi. Shu bilan bir qatorda yangi turdagi qoplamali kabellar uzatmalarga noqonuniy ulanishlarga chek qo‘yadi.