Fri. May 24th, 2024

Qo‘qonda qishki mavsumda aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Burchilik ko‘chasidagi oilaviy yotoqxonada fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rdi. Mutasaddilarga yotoqxonani elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, elektr tizimlarini ta’mirlash hamda mu’tadil iliq haroratni ta’minlash maqsadida oyna va eshiklarga plyonka qoplash, kirish qismiga qo‘shicha eshiklar o‘rnatish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.