Wed. Dec 6th, 2023

Xususan, Qo‘qon Universitetidagi 180-saylov uchastkasida ham saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar O‘zbekiston Respublikasi saylov kodeksining 57-moddasiga asosan muddatidan oldin ovoz bermoqdalar.

 

Yurtimiz kelajagini belgilash, munosib nomzod uchun ovoz bergani Qo‘qonliklar oila a’zolari bilan kelmoqdalar.
Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchilar saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo)lar ko‘rsatilgan ariza asosida uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenlarini olib, muddatidan ilgari ovoz berib, byulleten’larni yopiq konvertda saylov uchastkasi a’zolariga topshirmoqdalar.

 

Konvertlar 24 oktyabr’ga qadar uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi va saylov kuni ovoz bergan saylovchilarning byulletenlari qatori inobatga olinadi.

 

Muxim siyosiy jarayonda, 18 yoshga to‘lib, o‘z hayotida birinchi bor saylovda ishtirok etayotgan yosh saylovchilar ham ishtirok etmoqdalar.