Fri. May 24th, 2024

Bugun Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Talabalar spartakiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yil 26-27 yanvar’ kunlari Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi muzokaralarda ilgari surilgan tashabbusi bilan ilk bor o‘tkazilayotgan “Talabalar spartakiadasi”ning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining o‘rinbosari Aybek Abdimomunov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdilar.