Wed. Apr 17th, 2024

Yarmarkaga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilariga aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

🏢 Davlat idoralari, korxona-tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 100 dan ziyod fuqarolarga yo‘llanmalar berildi.

 

Ayniqsa, ta’lim sohasida mehnat bozorida oliy ma’lumotli kadrlarga yuqori ehtiyoj mavjudligi, tikuvchilik, ishlab chiqarish uskunalari ustasi kabi yo‘nalishlarda Qo‘qon shahrida vakant lavozimlar o‘z egalarini kutayotgani aniqlandi.
#ozbekiston #qoqon #oqonlikar #yoshlar #sport #5000qadam #ShavkatMirziyoyev