Fri. Mar 29th, 2024

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan hasharda Obodonlashtirish boshqarmasi, “Toza hudud” UK, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligi bo‘limi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash shahar bo‘limi, korxona-tashkilotlarning mehnat jamoalari va minglab hamshaharlarimiz ishtirok etmoqdalar.

 

Tong saharda tashkil etilgan saflanish tadbirida mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Ayni paytda, obodonlashtirish ishlarida 500 ga yaqin mutasaddi idoralar xizmatchilari va 30 ta maxsus texnika jalb etilgan.