1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod mahalla” dasturi ijrosi bo‘yicha tonggi shtab yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joylardagi mas’ullarning mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va masalalar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Shahar hokimi qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish borasida vazifalar belgilab berdi.